№ 796 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI A.BUTAYEVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 796 2016-yil 12-dekabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI A.BUTAYEVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Abdurashid Yakubovich Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov