№ 785 2016-yil 25-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIDA QATNASHUVCHI XALQARO VA XORIJIY KUZATUVCHILARNI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Nizomi 1, 2, 3-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI :
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.
2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S. Kurbankulov) akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishi hamda topshirilishini tashkil etsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi T. Shirinov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov