№ 782 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI SAYLOVOLDI TASHVIQOTI JORIY MONITORINGI NATIJALARI TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 782 2016-yil 25-noyabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZODLARNING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI SAYLOVOLDI TASHVIQOTI JORIY MONITORINGI NATIJALARI TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti joriy monitoringi natijalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati rahbari N. Nurmatovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ommaviy axborot vositalari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 3-oktabrida qabul qilingan 743-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga qat’iy rioya qilayotganliklari qayd etilsin.

3. Okrug saylov komissiyalari tegishli okrug hududida saylovoldi tashviqoti davomida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan nazoratni davom ettirsin.

4. Mazkur qaror ijro uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga yuborilsin.

5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari K. Adilovning zimmasiga yuklatilsin.

RaisM. Abdusalomov