№ 774 2016-yil 8-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI KUZATISH BO‘YICHA YEXHT DIIHB MISSIYASINING UZOQ MUDDATLI KUZATUVCHILARINI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Nizomi 1, 2, 3-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI :
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha YEXHT DIIHB missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari ilovaga muvofiq akkredetatsiya qilinsin.
2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S. Kurbankulov) akkredetatsiya qilingan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishi hamda topshirilishini tashkil etsin. 3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin. 4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov