O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1473 2026-yil 06-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentiga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1182-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 27-maydagi 1329-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev