O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1462 2026-yil 25-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
2026-yilning 23-fevral kuni o‘tkazilgan bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha xalq deputatlari Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari, tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 85- moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyatidan saylangan Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich, Samarqand viloyatidan saylangan Boboyev Adiz Muzafarovich, Sirdaryo viloyatidan saylangan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari Kengashlariga yuborilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ro‘yxatga olingan a’zolariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev