O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1459 2026-yil 13-yanvar
Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining ayrim a’zolari vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolari Kambarova Dilfuza Yigitaliyevna hamda Sherbo‘tayeva Gulnora Obidovnaning boshqa ishga o‘tganligi va shu munosabat bilan bergan arizalariga muvofiq ularning vakolatlari tugatilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga hamda Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjaye