№1458 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi E.O.Turdimovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1458                                                2026-yil 13-yanvar

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi E.O.Turdimovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Samarqand viloyatidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Turdimov Erkinjon Oqbutayevichning xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati sifatida vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev