№1440 Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1440                                                  2025 yil 23 may

 

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi N.Normatovning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Normatov Nasimbek G‘offorovichning vakolatlari 2025 yilning 21 may sanasidan tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga hamda Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev