№1437 Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1437                                                  2025-yil 5-may

 

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi F.Xolbutayevning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Xolbutayev Furqat Qahramonovichning vakolatlari tugatilsin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashiga hamda Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev