O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1432 2025-yil 19-mart
Sirdaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Sirdaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2025-yil 26-mart kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin.
2. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha xalq deputatlari Sirdaryo viloyati hamda tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasi a’zosi A.Ibodullayev zimmasiga yuklansin.
3. Mazkur qaror xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev