O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1431 2025-yil 18-mart
Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi X. Muhammadiyevning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Muhammadiyev Xo‘jaqul Utayevichning vakolatlari tugatilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga hamda tegishli hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev