O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1430 2025-yil 14-fevral
E.A.Saliyevni va A.A.Maxmudaliyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyatidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Saliyev Ergash Alibekovichning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Sirdaryo viloyatidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovichning xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
3. Saliyev Ergash Alibekovich hamda Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Kengashlariga yuborilsin.
5. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev