O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1429 2025-yil 14-fevral
Bo‘shab qolgan o‘ringa Sirdaryo tumani Kengashi deputatining saylovini tayinlash to‘g‘risida
Bo‘shab qolgan o‘ringa Sirdaryo tumani Kengashi deputati saylovi o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 26 va 93-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining 14-Oq yo‘l saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi tayinlansin hamda 2025-yilning 16-mart yakshanba kuni o‘tkazilsin.
2. Mazkur saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 13-fevraldagi 1428-son qarorining 3 va 5-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
3. Ushbu qaror xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashiga, Sirdaryo tumani hokimligiga hamda Sirdaryo viloyat hududiy va Sirdaryo tuman saylov komissiyalariga yuborilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev