O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1425 2025-yil 6-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasining ijrosi to‘g‘risida Komissiya kotibi X.Mamatovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev