O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1422 2024-yil 16-noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislarini chaqirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlarining 10-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 2024-yil 18-noyabr kuni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2024 yil 19-noyabr kuni Toshkent shahrida chaqirilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
3. Ushbu qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev