№1416 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1416                                                  2024-yil  31-oktyabr

 

 

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 16, 20, 201 va 921-moddalariga hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi namunasi va tavsifi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

 

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining ko‘krak nishoni namunasi va tavsifi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 78-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yo‘lovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizom asosida amalga oshiriladi.

 

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni, ularning namunasi hamda tavsiflarini tasdiqlash tavsiya etilsin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida” 2020-yil 6-yanvardagi 1019-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

7. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalariga hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga yuborilsin.

 

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                   Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA