№1413 Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1413                                                  2024-yil  31-oktabr

 

Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida

 

Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan deputatlar saylovi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalarining saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 73, 96 va 97-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topilsin.

 

2. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 75 nafar deputat ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ro‘yxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari berilsin.

 

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA