№1412 Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1412                                                  2024-yil  29-oktabr

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan deputatlar saylovi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalarining siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 96, 961 va 97-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topilsin.

 

2. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash va deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi bayonnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. Deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va saylangan deputatlar darhol belgilangan tartibda xabardor qilinsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev



ILOVA