№1404 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1404                                                  2024-yil  12-oktyabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 101-moddalari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4, 24 va 35-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi M. Xusanovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasiga 2024-yilning 23-sentyabr – 9-oktyabr kunlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi davrida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari ilovaga muvofiq ma’qullansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA