O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1399 2024-yil 8-oktabr
Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod F.M. Nuraliyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod F.M. Nuraliyevning arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Faxriddin Murodillayevich Nuraliyevning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev