O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1398 2024-yil 8-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 16 va 33-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentyabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 2024-yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (A. Adxamov) akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar uchun belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev