Sayt test rejimida ishlamoqda

№1383  Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1383                                                  2024-yil  20-sentyabr

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 401-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Ushbu qaror nusxasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                        Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA