O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1381 2024-yil 20-sentyabr
Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 401-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Ushbu qaror nusxasi O‘zbekiston Ekologik partiyasiga yuborilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev