№1376 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida” 934-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1376                                                  2024-yil  11-sentyabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida” 934-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2024-yil 4-sentyabrdagi O‘RQ-953-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi “Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 934-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                    Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA