O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1373 2024-yil 29-avgust
Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ayrim a’zolari vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek xalq deputatlari Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari Kengashlarining taqdimnomalari hamda Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi R.Alimovning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ilovaga muvofiq ayrim a’zolari vakolatlari tugatilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev