№1361 D.A.Ganiyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1361                                                  2024-yil  6-avgust

 

 

D.A.Ganiyevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 110-Marg‘ilon saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi Ganiyev Doniyor Avazovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 489-F-son farmoyishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati 2024-yil 1-avgustdan e’tiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Ganiyev Doniyor Avazovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                    Z.Nizamxodjayev