Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1352 “E-saylov” axborot tizimining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1352                                                  2024-yil  19-iyul

 

“E-saylov” axborot tizimining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida

 

Saylov jarayonini tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni elektron shaklda amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 26-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “E-saylov” axborot tizimi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. “E-saylov” axborot tizimining reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. Belgilab qo‘yilsinki:

 

saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar Kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar hokimliklari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi “E-saylov” axborot tizimidan foydalanuvchilar (bundan buyon matnda tizimdan foydalanuvchilar deb yuritiladi ) hisoblanadi;

 

Tizimdan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga qat’iy rioya qilgan holda foydalanishlari lozim.

 

4. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddat ichida tizimdan foydalanuvchilar uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali “E-saylov” axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin.

 

5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy saylov komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

 

bir hafta muddatda tizimdan foydalanuvchilar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;

 

o‘n kun muddatda tizimdan foydalanuvchilarni “E-saylov” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadigan manzillari va aniq muddatlari belgilangan reja-grafikni ishlab chiqib tasdiqlasin.

 

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

 

joylarda tizimdan foydalanuvchilarga tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlari yaratilgan o‘quv xonalari bilan ta’minlash;

 

tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida tizimdan foydalanuvchilarni to‘liq qatnashishlarini ta’minlash choralarini ko‘rsin.

 

7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafikka asosan belgilangan muddatlarda tizimdan foydalanuvchilarga o‘qitish ishlarini tashkil etsin.

 

8. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev

 

REGLAMENT

 

REGLAMENT 1-ILOVA (1.1 - 1.31)

 

REGLAMENT 2-ILOVA