№1351 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 969-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1351                                                  2024-yil  19-iyul

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 969-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ–883-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi: 

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 969-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                  Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA