Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1344 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1344                                                   2024-yil  2-iyul

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son Konstitutsiyaviy Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini qo‘llash haqida” 2019-yil 19-sentyabrdagi 937-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                 Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA