O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1342 2024-yil 1-iyul
Toshkent shahrida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2024-yil 5-iyul kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining katta majlislar zalida chaqirilsin.
2. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
3. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga ijro uchun yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev