№1336 Okrug saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1336 2024-yil 5-iyun

Okrug saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, va 26-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Okrug saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

RaisZ. Nizamxodjayev