O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1335 2024-yil 5-iyun
Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 26-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev