O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1332 2024-yil 27-may
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida Komissiya kotibi X.Mamatovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 20 fevraldagi 1326-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan Tadbirlar rejasi”ning 11-bandi ijro muddati 2024-yil ikkinchi yarim yillikka ko‘chirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari va Kotibiyati xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan Tadbirlar rejasi”ning barcha bandlari belgilangan muddatlarda, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z.Nizamxodjayev