O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1324 2024-yil 12-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M. Xusanovaning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 144-Doʻmbirobod saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Xusanova Muxtabar Akbarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 9-fevraldagi 4005-IV-son hamda Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-878-IV-son qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi etib saylanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Muxtabar Akbarovna Xusanova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev