№1323 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qoʻllanilishi, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1323                          2023-yil 28-sentabr

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi amaliyoti, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanishi holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va Markaziy saylov komissiyasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, hokimliklari hamda saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining 2023-yilda Xalq deputatlari Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi amaliyotini, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan maʼlumotnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilishini hamda undan kelib chiqadigan vazifalar bajarilishini taʼminlasinlar.

 

3. Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 18-yanvardagi 1199-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish borasidagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi hamda mazkur chora-tadbirlar rejasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda masʼul vazirlik va idoralarga uning ijrosini tashkil etish uchun yuborilganligi qayd etib o‘tilsin.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xorazm va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida 2023-yil oktabridan eʼtiboran har oyning 5-sanasiga qadar, to‘liq ijrosi yuzasidan 2024-yil 5-yanvariga qadar Markaziy saylov komissiyasiga batafsil maʼlumot taqdim etsinlar.

 

Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi (B. Yunusov) Kotibiyatning Tashkiliy-nazorat bo‘limi (M. Miralimov) bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasining ijrosini doimiy monitoring qilib borsin, taqdim etilgan maʼlumotlarning tahlili asosida ularni umumlashtirsin va Markaziy saylov komissiyasiga axborot berib borsin.

 

4. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev