O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1304 2023-yil 20-iyun
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axboroti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 22-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 10-maydagi 1247-son qarori bilan tasdiqlangan Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi (X.O‘. Muhammadiyev), 6-Namangan okrug saylov komissiyasi (S.T. Turg‘unov), 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi (B.I. Abdullayev), 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi (N.M.Tog‘ayeva) va 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi (U.K.Tuxtayev) raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga:
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejada belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritish hamda saylovga o‘n besh kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etish ishlarini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish;
uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritish ishlarini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish;
uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor etish ishlarini tashkil qilish;
okrug hududi bo‘yicha imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan saylovchilar, keksalar, bemorlar va ovoz berish binosiga bora olmaydigan saylovchilar haqida maʼlumotlarni aniqlash;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni aniqlash va saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar yetkazilishi zarur bo‘lgan saylov uchastkalari ro‘yxatini tuzish;
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yetkazib berilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid qonunchilik hujjatlari to‘plami, saylov byulletenlari, saylovga oid infografik va boshqa plakatlar, taklifnomalar uchastka saylov komissiyalariga o‘z vaqtida yetkazib berilishi hamda ularga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatilishini;
saylovchilar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillariga muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladigan vaqt va joy haqidagi maʼlumotlar yetkazilishini;
saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini Saylov kodeksi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib, asoslantirilgan javob berilishini;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalar kuzatuvchilariga hamda siyosiy partiyalar vakolatli vakillariga belgilangan namunadagi mandatlarni so‘rovlar kelib tushishiga qarab besh kunlik muddatdan kechiktirmay topshirilishini taʼminlash yuklansin.
3. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev