№1303 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1303                          2023-yil 20-iyun

 

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarda qatnashish uchun ilovaga muvofiq mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

 

2. Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (M. Alimbayev) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini taʼminlasin.

 

3. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA