Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1298 J.R.Raximovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1298                          2023-yil 19-iyun

 

 

J.R.Raximovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 85-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovi bo‘yicha 2023-yil 16-iyun kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Xorazm viloyati hamda tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Raximov Jo‘rabek Raximovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev