Sayt test rejimida ishlamoqda

№1294 Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1294                          2023-yil 14-iyun

 

 

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 16 va 33-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan qatnashadigan kuzatuvchi Svetlana Chetaykina (saylov tahlilchisi, mandat raqami 056) akkreditatsiya qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (A.Nurmuxamedov) akkreditatsiya qilingan xalqaro kuzatuvchi uchun belgilangan namunadagi mandat tayyorlanishini hamda unga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 6-iyundagi 1279-son qarori bilan akkreditatsiya qilingan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining kuzatuvchisi Aleksey Lichkovaxning vakolati tugatilsin hamda unga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan 002 raqamli mandat bekor qilinsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

                                              

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev