Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1283 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1283                          2023-yil 8-iyun

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga hamda Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

 

2. Mazkur qaror matni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA