O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1281 2023-yil 8-iyun
Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2023-yil 13-iyun kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyat, Termiz shahridagi Yoshlar markazining katta majlislar zalida chaqirilsin.
2. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
3. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Sirdaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2023-yil 15-iyun kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin.
4. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
5. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xorazm viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2023-yil 16-iyun kuni soat 11:00 da Xorazm viloyati, Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida chaqirilsin.
6. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Xalq deputatlari Xorazm viloyati hamda tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari kengashlariga ijro uchun yuborilsin.
8. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev