№1269 Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1269 2023-yil 5-iyun

Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

RaisZ. Nizamxodjayev