Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1247 Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini eʼlon qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejani tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1247                          2023-yil 10-may

 

 

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini eʼlon qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejani tasdiqlash to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128 hamda 129-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 66-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi PF-68-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-68-sonli Farmoni bilan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023-yilning 9-iyul kuniga tayinlanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga muvofiq muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ikki oy ichida o‘tkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 2023-yil 10-maydan boshlanishi eʼlon qilinsin.

 

3. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja (bundan buyon matnda – Kalendar reja) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. Belgilab qo‘yilsinki, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, shuningdek Kalendar rejaga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

 

5. Kalendar reja tegishli davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa mutasaddi tashkilotlarga ijro etish uchun yuborilsin.

 

6. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi axborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda O‘zbekistan Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yo‘li bilan yetkazish taʼminlansin.

 

7. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                       Z.Nizamxodjayev

 

ILOVA