Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1242 O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1242                          2023-yil 25-aprel

 

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 9 va 18-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1177-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2023-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (A.Nurmuxamedov) akkreditatsiya qilingan xalqaro kuzatuvchilar uchun belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA