Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1241 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1241                          2023-yil 19-aprel

 

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 18-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1185-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari 1-ilovaga muvofiq, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 2-ilovaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (M.Alimbayev) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini taʼminlasin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z.Nizamxodjayev

 

1-ILOVA

2-ILOVA