Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1217 O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1217                                  2023-yil 27-mart

 

 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi referendum uchastkalarini tuzish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16 va 18-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1178-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish haqidagi taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi ilovaga muvofiq tuzilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar referendum okrugiga biriktirilsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

 

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuziladigan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;

 

xorijda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi referendum uchastkalari to‘g‘risida, ovoz beruvchilarni xorijdagi referendum uchastkasi ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi va muddatlari to‘g‘risida, muddatidan oldin ovoz berish kunlari va ovoz berish kuni to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa yo‘llar bilan (mahalliy sharoitni inobatga olgan holda) xabardor qilsin;

 

“Dunyo” axborot agentligi orqali O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalari faoliyati muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini taʼminlasin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalariga O‘zbekiston Respublikasining referendumiga doir hujjatlar va jihozlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek ushbu hujjatlar 14-Toshkent shahar referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga olib kelinishini taʼminlasin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining so‘roviga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini referendumga oid hujjatlar, adabiyotlar va jihozlar bilan taʼminlash vazifasi yuklatilsin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                          Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA