Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1211 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI REFERENDUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISHGA DOIR XARAJATLAR SMETASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

 O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1211                          2023-yil 16-mart

 

 

O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlash to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 42-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Vazirlar Mahkamasidan O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘larni o‘z vaqtida ajratilishini taʼminlash so‘ralsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi A. Ibodullayev zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA