Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1202 E.A.Sidikovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1202                                           2023-yil 18-yanvar

 

 

E.A.Sidikovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Enaxon Abduraximovna Sidikova vafot etganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev