Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1198 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1198                                                    2022-yil  26-dekabr

 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayevning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 95-Chinoz saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining a’zosi Kusherbayev Rasul Xidraliyevich o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z.Nizamxodjayev